"Mening yurtim" yangiliklari
MENING YURTIM TELEKANALIDA SIZ SEVGAN SERIAL DAVOM ETADI…
[center]MENING YURTIM TELEKANALIDA SIZ SEVGAN SERIAL DAVOM ETADI…

“Mening yurtim” telekanali muxlislari qalbidan chuqur joy olgan “Jurnalist” serialining yangi mavsumi boshlanmoqda. Serialning birinchi mavsumi tomoshabinlarning katta auditoriyasida qiziqish uyg‘ota oldi. Boisi, serial ijodkorlari bugungi kunda anʼanaga aylangan maishiy mavzular – sevgi-muhabbat, qaynona-kelin munosabatlari va h.k.dan farqli o‘laroq mutlaqo yangicha yo‘nalishga qo‘l urishgandi.
Seriallar namoyishida janr nuqtai nazaridan rang-baranglikka alohida eʼtibor qaratuvchi "Mening yurtim" telekanalining ijodkorlari “Jurnalist” teleserialining ikkinchi mavsumida jurnalistika sohasiga yana-da chuqurroq eʼtibor qaratilgani xususan tomoshabinlarni qiziqtirgan bu soha vakillarning faoliyatlarini ochib berilishi hamda yangidan-yangi chehralarni kashf etilishini ijobiy baholaydi.

Maʼlumki “Jurnalist” serialining birinchi mavsumida Dunyo, Aziza va Umida jurnalistika sohasida tahsil olishadi. Uch xil feʼl-atvorga ega bo‘lgan uch dugonani bitta soha birlashtiradi. Ammo ularning hayot yo‘llari va taqdirida yuz beradigan keskin burilishlar, turli sinovlar serialning muvaffaqiyatiga turtki bo‘ldi. Ikkinchi mavsumdagi voqealar rivoji yana-da qiziqarli tus oladi. Oradan yillar o‘tib jurnalistika sohasida tahsil olgan qahramonlar endilikda bu sohada o‘z faoliyatlarini boshlashadi. Har jihatdan murakkab sanalgan kasbni tanlagan Setora televideniyeda ish boshlaydi. Biroq, maʼlum sabablarga ko‘ra rahbarning noroziliklariga sabab bo‘ladi va ularning o‘rtasida nizolar kelib chiqadi. Serialning yana bir yutug‘i, uning bir emas, balki bir qancha badiiy syujet liniyalarga qurilganligida bo‘lib, bu tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

Serialning badiiy rahbari va g‘oya muallifi, xalqimiz suygan ijodkor Musaxon Nurmatov. Rejissyor Marjona Mirzatillayeva. Unda Mehriddin Rahmatov, Otabek Mahkamov,, Abdurasul Nasriddinov, Sug‘diyona Azimova, Aysanem Yusupova, Bobur Imomov, Marjona Mirzaaliyeva, Sarvar Isayev, va Dilmurod Soliboyev kabi aktyorlar ishtirok etishgan.

“Jurnalist: Orzular shahri” serialining namoyishi 30-maydan boshlab “Mening yurtim” telekanalida boshlanadi.