"Mening yurtim" yangiliklari
Bugun, 27-iyun «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni»
Bugun, 27-iyun «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni»


Oʻzbekistonda “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” keng miqyosda nishonlab kelinadi. Bu kun nafaqat jurnalistlar va soha xodimlari, balki ularning ijod mahsulidan bahramand boʻladigan koʻp ming sonli oʻquvchilar, tomoshabinlar va ziyolilar uchun ham ahamiyatli.

Fursatdan foydalanib, ushbu sana munosabati bilan «Mening yurtim» telekanali ijodkorlari televideniye, radio, bosma va elektron nashrlarda faoliyat yuritayotgan barcha hamkor jurnalistlarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklaydi, ularga oilaviy farovonlik va ijodiy parvozlar tilaydi!

Bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli hamkasblar!