"Mening yurtim" yangiliklari
🇪🇸 “Zamin” folklor ansambli aʼzolari Ispaniyada o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro festivalda ishtirok etmoqda.
🇪🇸 “Zamin” folklor ansambli aʼzolari Ispaniyada o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro festivalda ishtirok etmoqda.


“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi folklor to‘garagi qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Zamin” folklor ansambli joriy yilning 25-iyundan 2-iyuliga qadar Ispaniyaning Kalella shahrida o‘tkaziladigan “GRAND SALELLA FOLK FESTIVAL” xalqaro folklor festivalida ham mamlakatimiz nomidan ishtirok etadi.

Dunyoning 15 dan ortiq mamlakatining nomdor folklor jamoalari ishtirok etuvchi mazkur festivalda ham mamlakatimiz madaniyati va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan chiqishlar jahon sanʼat ixlosmandlari hukmiga havola etiladi.

Maʼlumot uchun, “Zamin” folklor ansambli aʼzolari Malayziya, Tailand, Turkiya va Indoneziya kabi qator davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro festivallar va tanlovlar g‘olibligini qo‘lga kiritishgan.

#zamin #festival #folklor