
“Mening yurtim” so’zlari qisqartmasi hamda muvaffaqiyatli tugallangan ish belgisi “5” raqamini o’zida mujassam etgan MY5 ilk efirlaridanoq “MY5-NEWS”, “Sirdoshlar”, “5+5”, “Top-dizayner”, “Beshinchi fasl”, 5 fakt, “Kinolayf” kabi o’nlab teledasturlarni taqdim etgan bo’lsa, keyinchalik bu ro’yxat “Wake Up”, “Super Karaok”, “NonStop”, “NonStopda Wifi” hamda “Bu biz” kabi yangidan-yangi yorqin ko’rsatuvlar bilan to’ldi.
2017-yil 1-mart.
MY5 o’z yo’nalishini xalq bilan muloqot yo’nalishida faoliyat yuritishga o’zgartirdi va yangi logotipini taqdim etdi. Bu vaqtga kelib efir setkasidan turli formatdagi information-ko’ngilochar dasturlar joy olgandi. Ular qatorida, “Like bos”, “#Hashtag”, “Zavqli sport”, “FIFA”, “Siz bop” va boshqalarini eslash mumkin. Bularning barini birlashtirgan markaziy dastur – “Markaziy studiya”ga ham aynan shu kunda asos solingan.
Bundan tashqari MY5ni “O’zbekiston Online”, “Mening ovozim”, “Xalq bilan muloqot”, “Tadbirkordan savol”, “Odamlar orasida” tok shoulari hamda “Tet-a-tet”, “Hammaga salom”, “Vunderkind”, “MY5 Top Music”, “25-kadr”, Bola boshidan”, “Mahorat”, “Dublyajda artistlardan”, “Premyera” va “Troll.uz” kabi boshqa formatdagi dasturlar yanada xalqchil qildi.
2019-yil 21-mart.
Navro’z yangilanish bayrami MY5 kanalini ham chetlab o’tgani yo’q. Ramziy qizil rangdan uzoqlashmagan holda, telekanal logotipi uchinchi bor o’zgardi va telekanal zamonga moslashdi. Bu vaqtga kelib “Mening yurtim”da intellectual-ko’ngilochar yo’nalishga ko’proq e’tibor qaratildi va kayfiyatni ko’targan holda bilim ulashish asosiy maqsad etib belgilandi. “Jomadon”, “Omadli taksi”, “5-ishtirokchi”, “RoboCup” robotlar musobaqasi, “Stilist shou”, “Siluet” realiti-shou, “Professional bilan suhbat”, “Reportyor”, “Barakasini bersin”, “Muzqaymoq party”, “Yulduzcha”, “Men yulduzman”, “Hudud”, “Diydor shirin”, “Xush ko’rdik”, “Breaking news”, “Omon-omon”, “Turist.uz”, “Jiddiy bolalar”, “KinoShou”, “Gazetalar sharhi”, “Let’s go”, “Ibrat”, “Kelinposhsha”, “Omad shou”, “Bu oqshom”, “Kinomiks”, “Mening orzuim”, “Reyd kamera”, “Shesh-besh”, “Katta odamlar”, “Dam shou”, “Katta odamlar”, “My Shop”, “Arena Show”, “Yashirmayman”, “Oshpazlar akademiyasi”, “Chaq-chaq podcast”, “My Business”, “Ochiqchasiga gaplashamiz”, “MuzIQ” va “Musiqiy kokteyl” kabi ko’rsatuvlar aynan shu yildan boshlab sifatli Full HD formatdagi MY5da efirga uzatila boshlandi.
Yoshlar jamoasi tinchimaslar bilan kuchli. Izlanish yolida yangi izlar paydo bolyapti. qollar qollarni mahkam tutgan. Hamon markazdamiz. Tomoshabinlarning bahosi osha osha. 5 ketish uchun sabablar yetarli. Ko'prog'ini kuting, biz sizga undan ortig'ini ulashamiz! :)

-
Bosh direktor

-
Yoshlarga oid davlat siyosati va Prezidentning 5 ta tashabbusini targ‘ib qilish bo‘yicha maslahatchi

-
Bosh muharrir

-
Kadrlar bo'limi boshlig'i

-
Bosh prodyuser

-
Bosh hisobchi

-
Efir bo‘limi boshlig‘i-ma’sul va dasturlash muharriri

-
Bo'lim boshlig'i