28.06.25, 10:00
“Mening yurtim” telekanali televideniya yo‘nalishida “Oltin qalam” oldi

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Televideniya yo‘nalishida “Mening yurtim” telekanali jamoasi “Oltin qalam” sohibi bo‘ldi.
So‘nggi paytlarda ijtimoiy, siyosiy va ayniqsa, yoshlar masalalarini eng faol yoritib, bir-biridan qiziqarli loyihalarni tomoshabinlar e’tiboriga havola etib kelayotgan nodavlat telekanal aynan “Mening yurtim” hisoblanadi.
Xususan, telekanalning siyosiy yo‘nalishdagi “Gapiring” tok-shousida doim dolzarb masalalar ko‘tariladi. “Izlarim” ko‘rsatuvi esa butun dunyo bo‘ylab tomosha qilinmoqda. Yoshlarga oid davlat siyosatini yoritish esa har doim MY5’ning birinchi o‘rindagi mavzusi sanaladi.
2024 yilda o‘zining 10 yillik yubileyini keng nishonlangan, eng sara milliy mediamahsulotlari, yoshlarbop original loyihalari, kino va seriallari bilan allaqachon tomoshabinlarning yuragidan joy egallagan “Mening yurtim” telekanali “Oltin qalam”ga eng munosiblardan edi.
28.06.25, 10:00







