18.11.26, 15:48
🇺🇿🇺🇸 O‘zbekiston ilk bor American Film Market xalqaro kino bozorida milliy stend bilan ishtirok etdi

🎬 10–15-noyabr kunlari Los-Anjelesda dunyoning yirik kino savdo maydonlaridan biri — American Film Market (AFM 2026) bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro kino savdosi, distribyutsiya va qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
🇺🇿 O‘zbekiston milliy stendi Kontent markazi tomonidan Turizm qo‘mitasi ko‘magida va Next Field International hamkorligida tashkil etildi.
🎥 CBS telekanalining The Amazing Race va Discovery telekanalining Expedition Unknown mashhur ko‘rsatuvlarini 2027-yilda O‘zbekistonda suratga olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🤝 AQSHning Cactus Tree Entertainment kompaniyasi bilan O‘zbekistonning 5 ta kino va televizion mahsulotini Amerika bozoriga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shartnomalarni 2027-yil 4–5-fevral kunlari Toshkentda o‘tadigan Tashkent Content Market doirasida imzolash rejalashtirilgan.
🌎 Shuningdek, AQSH va Kanadadagi telekompaniyalar hamda distribyutorlar Tashkent Content Market tadbiriga taklif etildi.
18.11.26, 15:48







