29.10.24, 11:13
🎉 “FC Nokaut” chempion!
🗓 17-26-oktyabr kunlari “Like Cup” yulduzlar futbol turniri tashkil etildi. Unda bokschilarimizdan tashkil topgan “FC Nokaut” jamoasi ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, bokschilarimiz ushbu turnirning chempioniga aylanishdi.
🏆 Bugun musobaqaning soʻnggi final bahsi boʻlib oʻtdi va 4:1 hisobida «FC Nokaut» jamoasi gʻalaba qozondi.
Gollarga Lazizbek Mullojonov, Sherzod Oʻrmonjonov (dubl) va Bahodir Jalolovlar mualliflik qilishdi.
🏆 Turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb Oybek Qilichev topilgan boʻlsa, yana bir “FC Nokaut” jamoasi a'zosi Sherzod Oʻrmonjonov 5 ta gol bilan “Like Cup”ning eng koʻp to'purar futbolchisi boʻldi.
🥊 Bokschilarimiz futbolni ham zabt etishdi.
Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
29.10.24, 11:13
Item 1 of 8