13.01.22, 16:34

#Yangilik

“Markaziy studiya” indormatsion shousi ijodkorlari ham bayram kunlari uchun ajoyib tuhfalarni tayyorlab qoʻyishgan.

“Markaziy studiya” indormatsion shousi ijodkorlari ham bayram kunlari uchun ajoyib tuhfalarni tayyorlab qoʻyishgan.


Yil davomida eng katta yutuqqa erishgan sportchilarimiz oʻz oldiga yangi yilda bajarilishi lozim boʻlgan qanday maqsadlarni qoʻyishgan?

Mashxur sanʼatkorlarimiz yangi yil bayrami bilan bogʻliq qiziqarli xotiralarini yodga olishdi. Muxbirlarimiz esa ularning bayramoldi mexmondorchiliklariga ham tashrif buyurdi.

Yurtimizning eng ilgʻor yoshlaridan hisoblangan texnologlar bilan qiziqarli suhbatlar, interaktiv oʻyinlar. Aynan Hashtag sahifasida ham Jaloliddin Mirzayev tomoshabinlarimizga bayramona syurpriz tayyorlab qoʻygan.

Amirxon bilan Sarvar boshqa jamoa aʼzolari bilan birgalikda milliy taomlarimizni tayyorlashmoqchi. Ularning bayram taomlari qanday chiqar ekan?

Xayriya mazmunida efirga uzatilayotgan lavhalarimiz ortidan yil davomida bemorlarga qancha mablagʻ yigʻildi?

Xorijda oʻqiyotgan, ishlayotgan vatandoshlarimiz bayramni kimlar bilan, qanday nishonlashyapti? Ushbu savollarning barchasiga “Markaziy studiya”ning yangi yil oqshomidagi maxsus sonida javob olishingiz mumkin?Siyosiy doira vakillari orasida yangi yilni xizmat safarlarida oila-aʼzolaridan uzoqda kutganlar ham bormi? Ular bu galgi yangi yilni qanday nishonlashmoqchi Yil davomida eng katta yutuqqa erishgan sportchilarimiz oʻz oldiga yangi yilda bajarilishi lozim boʻlgan qanday maqsadlarni qoʻyishgan?

13.01.22, 16:34

#Yangilik