13.01.22, 16:31

#Yangilik

Yangi yil bu - mo'jizalar vaqti, orziqib kutilgan quvonchlar va oylar sarhisobidir.

Yangi yil bu - mo'jizalar vaqti, orziqib kutilgan quvonchlar va oylar sarhisobidir.
Yangi yil bu - mo'jizalar vaqti, orziqib kutilgan quvonchlar va oylar sarhisobidir.


5 yildan buyon, har yangi yil arafasida efir yuzini ko'radigan ushbu dastur, archa, gilam va yulduzli mehmonlar bilan, bayramning samimiy kayfiyatini ulashadi. Bu yil ham an'anaga sodiq qolgan holda, "Happy Time" Jaloliddin Mirzayevning sehrli gilamida ijodkorlarni mo'jizalar olamiga chorlaydi. Bu gal siz nafaqat san'atkorlarni, balki ijtimoiy tarmoqlarda o'z muxlislariga ega bo'lgan ko'plab bloger hamda vaynerlar bilan bo'lgan suhbatdagi zavqli onlarni ko'rishingiz va maza qilib kulishingiz mumkin. Ozod Shukrulloyev, Amirxon Umarov, “Afandining qizlar” jamoasi, Hikmatilla Pirjonov, “Mitti Vine” jamoasi va ko'plab yulduzlarning intervyulari sizlarni kutmoqda.
Haqiqiy quvonch, bir olam tabassum va taassurot, shuningdek, maksimal kayfiyatni siz ushbu dasturdan olishingiz aniq. Ko'ngilochar lavhalar, sahifalar, yangi yil bayramini tarannum etuvchi taronalar, multflim hamda yangi premyeralar "Happy Time" dan o'rin olgan!
Qishning sovuq va mo'jizaviy taftini, uyda, televizor qarshisida, issiqina kofe va Jaloliddin Mirzayev bilan xis eting. 20-dekabrdan har kuni 22:15 da "Happy Time" sizlarni kutadi. Keling, ko'ring, kuling va yangi yilga yaqinroq bo'ling. Kayfiyatni esa birgalikda ko'taramiz!“Mening yurtim” telekali ham ana shu bir olam orzular ro'yobini o'z dasturlari orqali sizlarga yetkazib berishga doyim tayyor. Shubhasiz, "Happy Time" ko'rsatuvi orqali ham! 5 yildan buyon, har yangi yil arafasida efir yuzini ko'radigan ushbu dastur, archa, gilam va yulduzli mehmonlar

13.01.22, 16:31

#Yangilik